Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi


Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi

 

“2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-155-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2024–2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi:

yer uchastkalarining o'zboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;

o'rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;

geologiya sohasida yer qa'ridan o'zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;

mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo bo'lgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;

suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to'lib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;

qishloq xo'jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini o'rganish, ekinlarning turlari hamda suv iste'moli hajmlarini aniqlash.

2025-yil 1-martdan yer qa'ridan foydalanish bo'yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov