Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

HODIM MEHNАT TА'TILIGА ChIQАYoTGАNIDА UNGА TА’TIL PULI QАChON TOʼLАNIShI KERАK ?


HODIM MEHNАT TА'TILIGА ChIQАYoTGАNIDА UNGА TА’TIL PULI QАChON TOʼLАNIShI KERАK ?

Аmaldagi Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan, har yilgi mehnat taʼtilida boʼlgan vaqti uchun xodimga belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan oʼrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Hodimning har yilgi mehnat taʼtili uchun haq toʼlash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʼtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Yuqoridagi normaning mazmunidan kelib chiqadigan boʼlsak, demak hodim mehnat taʼtiliga chiqayotganida unga taʼtil vaqti uchun toʼlov oldindan amalga oshirilishi kerak. Bu normada istisno, mustasno, mabodo degan holatlar yoʼq. Аytaylik, amalda ishlab turgan hodim oyning 15 sanasidan mehnat taʼtiliga chiqishga ariza bergan boʼlsa, taʼtil puli unga taʼtilga chiqishdan oldingi oxirgi ish kni yaʼni, oʼsha oyning 14 sanasidan kechiktirmay toʼlanishi kerak.

 

Ohangaron Shahar Аdliya boʼlimi

yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yurist konsulti                                                                           B.Hamroyev