Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Kafillikdan voz kechsa boʼladimi?


Kafillikdan voz kechsa boʼladimi?

 

Koʼpchilik oʼylaydiki, kreditga kafillik shartnomasini tuzgach, keyinroq undan voz kechish mumkin va oson. Lekin aslida bunday emas. Kafillik qarzdor majburiyatlari boʼyicha kafilda ham majburiyat vujudga keltiradi. Qonunchilikka koʼra shartnomani bir tomonlama bekor qilish, yaʼni kafillikdan bir tomonlama voz kechishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Masalan, kafil shartnoma tuzganidan keyin ishidan ayrilsa, kasal boʼlib qolsa, qarzdor (kredit olgan tanishi) bilan janjallashib qolsa ham kafillik oʼz kuchida qolaveradi. Kafillik shartnomasini oʼzgartirish yoki bekor qilish uchun bank bilan kelishish kerak boʼladi, bank esa hech qachon oʼz taʼminoti zarariga harakat qilmaydi. Kafillik qachonki kredit qarzi toʼliq toʼlanganda, qarz majburiyati boshqa shaxsga oʼtkazilganda yoki kafillik muddati oʼtib boʼlgandan keyin tugaydi.

Yana bir yoʼli kafilni almashtirishni soʼrab bankka murojaat qilish, agar tomonlar kelishsa kafilni boshqa shunday shaxsga almashtirish mumkin.

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig’i                                                           B.O’smonov