Янгиликлар
Kechiktirilgan oyliklar uchun kompentsattsiya toʼlanishi kerak.
Kechiktirilgan oyliklar uchun kompentsattsiya toʼlanishi kerak.
Turli ishxonalarda dekabr oyi uchun oyliklar maʼlum sabablarga koʼra kechikkani haqida koʼp oʼqiyapmiz bu haqda rasmiylar ham oʼz munosabatlarini bildirdi. Biroq qonun talabi boʼyicha bu uchun xodimlarga kompensatsiya toʼlovlari amalga oshirilishi lozim. Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan Ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʼlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʼlovlarni va (yoki) xodimga toʼlanishi lozim boʼlgan boshqa toʼlovlarni toʼlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʼlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʼz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʼsha vaqtda amalda boʼlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʼlashi shart.
Xodimga toʼlanishi lozim boʼlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining oʼn foizi miqdorida belgilanadi.
Mazkur pulli kompensatsiyani toʼlash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga toʼlanishi lozim boʼlgan boshqa toʼlovlarni toʼlashning kechiktirilishida aybi bor-yoʼqligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.
Mazkur kompensatsiyani toʼlamaslik ish beruvchiga javobgarlikni vujudga keltiradi. Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 49-moddasiga asosan Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʼn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Ohangaron shahar YXKM boshlig’i B.O’smonov