Янгиликлар
Mulkingizni garovga qoʼyib boshqa shaxsga kredit olib berishda ehtiyot boʼling
Mulkingizni garovga qoʼyib boshqa shaxsga kredit olib berishda ehtiyot boʼling
Kecha bir tadbirkor bilan kredit masalasida gaplashib qoldim. Holat shundayki, tadbirkor oʼz mulkini garovga qoʼyib bir fuqaroga katta miqdorda kredit olib bergan. Fuqaro esa kreditni olib toʼlamagan. Oqibatda holat bank kedit taʼminoti sifatida qoʼyilgan binoni hatlab uni sotuvga qoʼyishgacha boradi. Shundan soʼng, tadbirkor barcha kredit tolovlarini toʼlab oʼz binosini saqlab qoladi.
Masala shundaki, keyingi bosqichda bank hisoblangan jarima va penyalarni undirishni soʼrab sudga murojaat qiladi va sud undiruvni yana garovga qoʼyilgan binoga qaratadi. Bu yerda tadbirkor hisoblangan foizlarni ham toʼlashga majbur edimi? Fuqarolik kodeksining 268-moddasiga asosan agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʼlmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʼlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʼyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʼlanishini taʼminlaydi deb belgilangan.
Yaʼni siz biror mulkingizni garovga qoʼyib boshqa bir shaxsga kredit olib beryapsizmi, yertaga u kreditni toʼlamagan taqdirda siz ham asosiy qarzni ham asosiy qarzga hisoblagan penya, jarima va boshqa zararlarni ham garovga qoʼygan mulkingiz hisobidan toʼlashga majbur boʼlasiz.
Ohangaron shahar YXKM boshlig’i B.O’smonov