Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

OLINGАN KREDITNI MUDDАTIDАN OLDIN TOʼLАSА NIMА BOʼLАDI


OLINGАN KREDITNI MUDDАTIDАN OLDIN TOʼLАSА NIMА BOʼLАDI

 

06.05.2006 yildagi OʼRQ-33-son "Isteʼmol krediti toʼgʼrisida"gi qonunining 16-moddasiga asosan, isteʼmolchi olingan isteʼmol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit boʼyicha hisoblangan foizlarni toʼlashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda isteʼmolchi faqat isteʼmol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar toʼlaydi deb koʼrsatilgan.

Yaʼni, agar Siz isteʼmol kreditini 3 yilga olgan boʼlsangizu lekin kreditni 3 yil emas bir yilda xammasini toʼlab yuborsangiz qolgan ikki yil uchun Sizga foiz xisoblanmaydi. Kredit uchun foizlar faqat Siz undan foydalangan vaqtingiz uchun xisoblanadi xolos.

           Masalan: 3 yillik shartnoma bilan 1000 soʼm kredit olgansiz deylik, Siz uni 3 yilda foizlari bilan 1300 qilib qaytarishingiz kerak lekin, Siz qarzni uch yilda emas bir yilda toʼlab yuborsangiz 1000 soʼmni 1300 soʼm qilib emas 1100 soʼm toʼlab xammasini yopib yuborishingiz mumkin.

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig’i                                                           B.O’smonov