Янгиликлар
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer solig'idan ozod qilinadi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer solig'idan ozod qilinadi
Qonunchilikka koʼra, umumiy quvvati 100 kVtgacha boʼlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʼrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni toʼlashdan ozod etilishi belgilangan:
ushbu qurilmalar boʼyicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band boʼlgan yer uchastkalari boʼyicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda boʼyicha — foyda soligʼini;
uy-joy fondining koʼchmas mulk obʼektlari boʼyicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʼi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʼini.
Аgar qurilmalar oʼrnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam boʼlmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʼrnatilgan boʼlsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qoʼllaniladi.
Ohangaron shahar YXKM boshlig’i B.O’smonov