Янгиликлар
Quyosh isitish qurilmalarini to'liq o'z mablag'idan o'rnatganlarga kompensatsiya beriladi
Quyosh isitish qurilmalarini to'liq o'z mablag'idan o'rnatganlarga kompensatsiya beriladi
Qonunchilikka koʼra, quyosh suv isitish qurilmalarini oʼrnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya berilishi belgilangan:
Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) boʼlganda BHMning 5 barobar;
Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) boʼlganda BHMning 7 barobar.
Ohangaron shahar YXKM boshlig’i B.O’smonov