Янгиликлар
UY HАDYa QILINGАNDА SOLIQ HISOBLАNАDIMI?
UY HАDYa QILINGАNDА SOLIQ HISOBLАNАDIMI?
Oʼzbekiston Respublikasi soliq kodeksi (Keyingi oʼrinlarda “Kodeks” deb yuritiladi)ning 378-moddasi 7-bandiga asosan jismoniy shaxslarning oʼttiz olti kalendarь oydan kam muddatda soliq toʼlovchining mulkida boʼlgan turar joylarni sotishdan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼiga tortiladi. Yaʼni bu degani siz uyni 3 yil ichida kimgadir sotsangiz, hadya qilsangiz siz daromad soligʼi toʼlovchisi hisoblanasiz.
Bunda Kodeksning 375-moddasi 4-bandiga asosan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʼlmagan taqdirda, koʼchmas mulk boʼyicha kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʼrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
Ohangaron shahar YXKM boshlig’i B.O’smonov