Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

VАSIYaTNOMАNI BEKOR QILSА BOʼLАDIMI?


VАSIYaTNOMАNI BEKOR QILSА BOʼLАDIMI?

 

Fuqarolik kodeksining 1120-moddasiga asosan fuqaroning oʼziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.

Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.

E’TIBOR BERING. Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va oʼzgartirish borasida erkin boʼlib, bunda bekor qilish yoki oʼzgartirish sabablarini koʼrsatishga majbur emas.

Meros qoldiruvchi oʼzi vasiyatnomada merosxoʼr etib tayinlagan shaxslarga, oʼz navbatida vafot etishlari ehtimoli bilan oʼzlariga vasiyat qilingan mol-mulkni muayyan tarzda tasarruf etish xususida koʼrsatma berish majburiyatini yuklashga haqli emas.

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig’i                                                           B.O’smonov