Янгиликлар
Xodim moddiy yomon ahvolga tushib qolganda 14 yillik foydalanilmay kelgan taʼtiliga kompensatsiya olish mumkinmi?
Xodim moddiy yomon ahvolga tushib qolganda 14 yillik foydalanilmay kelgan taʼtiliga kompensatsiya olish mumkinmi?
Mehnat kodeksning 234-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʼlanadi. Bu yerda eʼtibor qilinishi kerakki, shartnoma bekor qilinganda deyilmoqda yaʼni qachonki mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan taʼtillari uchun pullik kompensatsiya toʼlanadi. Yaʼni foydalanilmagan taʼtilni olishda xodimning moddiy ahvoli roʼl oʼynamaydi. Biroq bu yerda bir yoʼl orqali xodimga oʼsha foydalanilmay qolib ketgan taʼtil pullarini toʼlab berish mumkin. U ham boʼlsa xodimni ishdan boʼshatib yana qaytib ishga olish orqali.
Ohangaron Shahar Аdliya boʼlimi
yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yurist konsulti B.Hamroyev