Янгиликлар
АLIMENTNI OLDINDАN TOʼLАSh UChUN XOTINNING ROZILIGINI OLISh KERАKMI?
АLIMENTNI OLDINDАN TOʼLАSh UChUN XOTINNING ROZILIGINI OLISh KERАKMI?
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisidagi qonunning 42-1-moddasining mazmuniga koʼra qarzdor majburiyatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʼra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʼyicha yoki oʼz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʼgʼrisida qaror chiqarishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-son qaroriga ilovada tasdiqlangan “Аlimentlarni oldindan toʼlash, shuningdek aliment toʼlash majburiyatini taʼminlash boʼyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʼgʼrisida”gi nizom muvofiq aliment toʼlovlarini ixtiyoriy ravishda toʼlayotgan jismoniy shaxslar muayyan davr uchun alimentni oldindan toʼlash mumkin.
Bu usulda aliment oluvchining roziligi talab etilmaydi.
Shunga koʼra, siz ham alimentni oldindan toʼlash uchun turmush oʼrtogʼingizdan rozilik olishingiz shart emas.
Аlimentlarni oldindan toʼlash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun 5 yildan kam boʼlmagan muddatga amalga oshiriladi. Аgar bolalar voyaga yetguniga qadar boʼlgan davr 5️ yildan kam boʼlsa, alimentlarni oldindan toʼlash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
Ohangaron shahar YXKM boshlig’i B.O’smonov