Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Davlat tibbiy sugʼurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʼrsatiladi va dorilar beriladi


Davlat tibbiy sugʼurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʼrsatiladi va dorilar beriladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiy sug’urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar tog’risida”gi PQ-311-sonli Qarori qabul qilindi, mazkur Qarorga ko’ra, davlat tibbiy sugʼurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʼrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʼlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʼurtasi uchun qoʼshimcha toʼlov undirilmaydi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi, jumladan:

davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari tasdiqlanadi va ushbu paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan taqdim etiladi;

kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun belgilangan muddatlarda tegishli tibbiy koʼriklardan oʼtish, oilaviy shifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilish talab etiladi;

shifokor rasmiylashtirgan elektron retsept asosida dori vositalari kafolatlangan paket doirasida bemorlarga dorixonalar tomonidan bepul beriladi va dorixonalarning tegishli sarf-xarajatlari Jamgʼarma mablagʼlari hisobidan qoplanadi;

tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni oʼz ichiga oluvchi “Elektron sogʼliqni saqlash” axborot tizimi yaratiladi hamda ishga tushiriladi;

kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʼrsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi;

tuman (shahar), viloyat va respublika shifoxonalarida tibbiy yordam koʼrsatishda kasallikning ogʼirlik darajasidan kelib chiqib, bepul davolanadigan kasalliklar roʼyxati tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi;

imtiyozli toifadagi shaxslar shifokor koʼrsatmasiga binoan axborot tizimi orqali shakllantiriladigan yoʼllanma asosida Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan bepul davolanadi.

 

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig’i                                                           B.O’smonov