Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Oʼrindosh xodimlarga ustama, yordam puli, yillik mehnat taʼtili berish tartibi.


Oʼrindosh xodimlarga ustama, yordam puli, yillik mehnat taʼtili berish tartibi.

Juda koʼp holatlarda ish beruvchilar tomonidan oʼrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ustama, yordam puli va taʼtil berishda turli tushunmovchiliklar vujudga keladi. Mazkur postda ushbu masalaga birma-bir toʼxtalib oʼtamiz. Mehnat kodeksining 438-moddasiga asosan Аgar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʼmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan oʼzga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʼlsa, oʼrindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq toʼlash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qoʼshimcha haq, ustamalar, ragʼbatlantiruvchi toʼlovlar toʼlash mazkur ish oʼzi uchun asosiy ish boʼlgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yaʼni agar ishxonaning biror lokal (ichki) hujjatida oʼrindosh xodimlarning mehnatga haq toʼlash borasida cheklov oʼrnatilmagan boʼlsa, ish beruvchi oʼrindoshlik asosida ishlovchi xodimga asosiy ishdagi xodim bilan teng haq (ustama moddiy yordam)toʼlashi lozim. Mazkur qoida ichki oʼrindoshlarga ham tegishli.

Taʼtillar masalasiga toʼxtaladigan boʼlsak, Mehnat kodeksining 216-moddasiga asosiga koʼra Barcha xodimlar, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Bu yerda ichki oʼrindosh ham tashqi oʼrindosh ham nazarda tutilgan. Koʼplab tashkilotlarda ichki oʼrindoshlarga taʼtil berilmasligi holati koʼzga tashlanadi. Bu noqonuniy hisoblanadi. Sababi oʼrindoshlik ishi asosiy ishidan boʼsh vaqtda bajarilib MKning 435-moddasi bilan alohida mehnat shartnomasi tuziladi. Shuningdek, oʼrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ham mehnat kodeksining 220, 401-moddalari belgilangan ham har yilgi qoʼshimcha taʼtillar ham beriladi.

Taʼtilga chiqqanda moddiy yordam puli ham MKsining 446-moddasi, 438-moddalariga asosan jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda oʼrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga berish taʼqiqlanmagan boʼlsa, berilishi lozim.

Yuqoridagi asoslardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ustama, moddiy yordam, va bayram pullari agar korxonaning ichki hujjatida berilishi taʼqiqlanmagan boʼlsa berilishi mumkin. Mehnat taʼtili esa berilishi shart hisoblanadi.

 

 

Ohangaron Shahar Аdliya boʼlimi

yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yurist konsulti                                                                           B.Hamroyev