Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Fuqarolar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega boʼladi


Fuqarolar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega boʼladi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiy sugurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar togrisida”gi PQ-311-sonli Qarori qabul qilindi, mazkur Qarorga kora 2025 yil 1 iyuldan quyidagilar davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali statsionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega boʼladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi yoki ijtimoiy soliq toʼlovchilar;

Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq toʼlagan shaxslar;

           voyaga yetmaganlar, taʼlim tashkilotlari oʼquvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga toʼlmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy roʼyxatdan oʼtganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalarning aʼzolari.

           2027 yil 1 yanvardan soʼnggi bir yil davomida kamida 6 oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi yoki ijtimoiy soliq toʼlaganlar uchun davlat tibbiy sugʼurtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.

 

 

Ohangaron shahar YXKM boshlig’i                                                           B.O’smonov