Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o'tkaziladi


“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o'tkaziladi

 

“Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-391-son, 15.11.2024) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani o'qituvchilari uchun nazariya va amaliyot uyg'unlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

bolalar musiqa va san'at maktablarining belgilangan o'quv dasturlarini to'liq yakunlagan, umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnomaga ega bo'lganlarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to'garak rahbari sifatida ishlashi;

madaniyat va san'at yo'nalishidagi OTMlarida psixologiya va pedagogika fanlarini o'rgangan musiqa yo'nalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini o'qitishi mumkin.

2025/2026-o'quv yiliga qadar musiqa madaniyati fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

2025/2026-o'quv yilidan boshlab madaniyat yo'nalishida kadrlar tayyorlaydigan OTMlarda psixologiya va pedagogika fanlarini o'qitish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-apreldan boshlab

➖maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi

➖jamoalar o'rtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o'tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari xorijiy davlatlarga ta'lim sayohatiga yuboriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos