Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig'idan ozod qilinadi


Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig'idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1001-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo'shimcha kiritildi

Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:

jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod qilinadi;

uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to'lashga yo'naltiriladigan mablag'lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

tutzorlar bilan band bo'lgan yer uchastkalari uchun yer solig'i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffisient qo'llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

         Bo’ka tumani adliya bo’limi

          YXKM bosh yuriskonsulti

           Jamolov Samandar