Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

O'quvchilar o'rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o'yinlari bo'yicha alohida tanlovlar o'tkaziladi


O'quvchilar o'rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o'yinlari bo'yicha alohida tanlovlar o'tkaziladi

 

“O'quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-393-son, 15.11.2024) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan ta'lim muassasalari) ta'lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.

Yangi tizimga ko'ra:

➖“Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'usi, faol hayotiy pozisiya” tamoyiliga asosan yangilangan ChQBT fanining o'quv dasturi va darsliklari yaratiladi

➖ta'lim tashkilotlarida ChQBT fani haftasiga ikki soatdan o'qitiladi.

2025 yil 1 iyundan ta'lim tashkilotlarida ChQBT rahbari lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek, ta'lim tashkilotlarida:

o'quvchilar o'rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o'yinlari bo'yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o'tkaziladi;

ziyolilar va nuroniylar ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi;

harbiy xizmatchilar tomonidan motivasion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

          YXKM bosh yuriskonsulti

           Jamolov Samandar