Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Qonunni bilasizmi?


Qonunni bilasizmi?

 

Fermerlar ijara huquqini boshqa shaxsga oʼtkazishni soʼrab qoʼrqmasdan notariusga borishlari mumkin. Endi barcha huquqiy asoslar bor.

Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.11.2021 yildagi 709-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʼgʼrisida"gi qarorining 3-3-bandiga asosan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkasini qayta ijaraga berish (boshqa shaxsga oʼtkazish) koʼchmas mulkka oid bitimlarni rasmiylashtirish tartibida amalga oshiriladi va notarial tartibda tasdiqlanishi belgilangan.

Demak, qayta ijara rasmiylashuvi notariuslar tomonidan amalga oshirilib, davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi.

Shu oʼrinda Аdliya vazirligiga bu masala yuzasidan notariuslarga xat chiqarib, mazkur yangi tartib boʼyicha tushuntirish berishini soʼrab qolamiz.

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov