Янгиликлар
Xususiy maktab va bogʼcha taʼlim sohasida katta imtiyozlar berildi.
Xususiy maktab va bogʼcha taʼlim sohasida katta imtiyozlar berildi.
Ta'lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2030 yilgacha:
Nodavlat maktabgacha va umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʼimlardan ozod qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʼyxatlar boʼyicha nodavlat maktabgacha va umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun olib kiriladigan zamonaviy oʼquv va laboratoriya uskunalari, kompʼyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʼquv va ilmiy- metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona toʼlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʼimlar bundan mustasno) ozod qilindi.
nodavlat maktabgacha va umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʼqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi va ijtimoiy soliqdan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Bundan tashqari 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatni doimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga "А-2" oʼqituvchilar kirish vizalarini berish yoʼlga qoʼyiladi;
davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga Oʼzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berishda undiriladigan yigʼim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʼttiz baravaridan bir baravarigacha kamaytiriladi;
nodavlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni А.Аvloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi;
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.G‘.Jamolov