Янгиликлар
G'ayriqonuniy bo’shatilgan xodim boshqa ishga joylashganda, agar u avvalgi ishiga tiklansa majburiy progul uchun haq to’lanadimi?
G'ayriqonuniy bo’shatilgan xodim boshqa ishga joylashganda, agar u avvalgi ishiga tiklansa majburiy progul uchun haq to’lanadimi?
Mehnat kodeksining 174-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganligi oqibatida xodimga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash:
majburiy progul vaqti uchun haqni majburiy ravishda to‘lashdan;
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, ish yuritishga doir xarajatlar va boshqalar) kompensatsiya qilishdan iborat.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksi 320-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o‘rnini unga qoplashi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 62-bandiga ko’ra, sudlarning e’tibori Mehnat kodeksi 174-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra, xodimga yetkazilgan moddiy zararni qoplash:
majburiy progul vaqti uchun so‘zsiz haq to‘lash. Bunda xodimning pulga oid talablari to‘liq miqdorda qanoatlantiriladi (MKning 546-moddasi);
mehnat shartnomasini bekor qilinganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, ish yuritishga doir xarajatlar va boshqalar) to‘lashdan iborat ekanligiga qaratilsin.
Demak, yuqoridagi normalar mazmunini tahlil qiladigan bo'lsak, g'ayriqonuniy bo’shatilgan xodim boshqa ishga joylashgan taqdirda, unga majburiy progul uchun haq to'lanmasin degan talab mavjud emas.
G'ayriqonuniy bo’shatilgan xodim boshqa ishga joylashgan taqdirda ham, agar u avvalgi ishiga tiklansa majburiy progul uchun haq to’lanishi lozim deb hisoblaymiz.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.G‘.Jamolov