Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Qonunchilikka ko’ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning eng ko‘p muddati qancha?


Qonunchilikka ko’ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning eng ko‘p muddati qancha?

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 241-moddasi 2-qismiga asosan, xodimning arizasiga ko’ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta´til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim bilan ish beruvchi o´rtasidagi kelishuvga ko’ra belgilanadi, lekin u o’n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo’lmasligi kerak.

Shuningdek, mazkur kodeksning 242-moddasiga muvofiq quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko´ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta´til beriladi:

1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o´n to´rt kalendar kunga qadar;

ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – har yili o´n to´rt kalendar kunga qadar;

ikki yoshdan uch yoshgacha bo´lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga;

o´n ikki yoshga to´lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga – har yili o´n to´rt kalendar kunga qadar;

mehnat to´g´risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov