Янгиликлар
Agar xodimning ish hajmi xodimga va ish beruvchiga bogʻliq boʻlmagan hollarda kamaysa, masalan bir stavka ishi yarim stavka boʻlib qolsa, bunday xodimlarga qandaydir kompensatsiyalar toʻlab berish qonunchilikda nazarda tutilganmi?
Agar xodimning ish hajmi xodimga va ish beruvchiga bogʻliq boʻlmagan hollarda kamaysa, masalan bir stavka ishi yarim stavka boʻlib qolsa, bunday xodimlarga qandaydir kompensatsiyalar toʻlab berish qonunchilikda nazarda tutilganmi?
Mehnat kodeksining 137-moddasiga asosan, agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi to‘g‘risida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.G‘.Jamolov