Янгиликлар
Xodim tashkilotda 2,5 yildan beri ishlaydi, ushbu xodimga mutanosib ravishda 1 kun qoʼshimcha mehnat taʼtili berilishi mumkinmi?
Xodim tashkilotda 2,5 yildan beri ishlaydi, ushbu xodimga mutanosib ravishda 1 kun qoʼshimcha mehnat taʼtili berilishi mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasiga asosan, xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi. Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.
Agar xodim ish beruvchining taklifiga ko‘ra ishga qabul qilingan bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi. Mikrofirmalar xodimlariga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ushbu Kodeksning 505-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda beriladi.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.G‘.Jamolov