Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Maktabimizda xodimning yaqin qarindoshi vafot etdi, u amaldagi qonunchilik bo’yicha moddiy yordam olsa bo’ladimi?


Maktabimizda xodimning yaqin qarindoshi vafot etdi, u amaldagi qonunchilik bo’yicha moddiy yordam olsa bo’ladimi?

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi NIZOMning 33-bandiga asosan, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov