Янгиликлар
Xodim necha km masofagacha xizmat safariga yuborilganda, xodimga kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanmaydi?
Xodim necha km masofagacha xizmat safariga yuborilganda, xodimga kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanmaydi?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 424-sonli qarori bilan tasdiqlangan NIZOMning 20-bandiga asosan, xizmat safariga yuborilgan xodim o‘zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanmaydi. Xodimning xizmat safariga yuborilgan joydan o‘zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.G‘.Jamolov