Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xodimga 1 yoki 2-guruh nogironlik berilsa, shartnomani bekor qilish kerakmi?


 

Xodimga 1 yoki 2-guruh nogironlik berilsa, shartnomani bekor qilish kerakmi?

 

Mehnat kodeksining 423-431-moddalari nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan! MK 425-moddasiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda boshqa xodimlar kabi huquqlarga ega, mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida esa ular o‘zi uchun qonunchilikda, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun 42-moddasiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan shaxs odatdagi mehnat sharoitlariga ega tashkilotlarda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 47-bandiga ko’ra, sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, xodim bajarishi lozim bo‘lgan ishni uddalashidan qat’iy nazar, agar tibbiy xulosaga ko‘ra xodim ushbu ishni bajarishi to‘g‘ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a’zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasini sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Agar xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, tibbiy xulosaga ko‘ra sog‘lig‘ining yomonlashuvi, shuningdek xodimga nogironlik berilishi, mehnat shartnomasini MK 143-moddasining ikkinchi qismi bilan bekor qilish uchun yetarli sabab bo‘lib hisoblanmaydi.

Sudlar tibbiy xulosada xodimning mehnatga layoqatlilik darajasi qanday belgilanganligini alohida tekshirishlari zarur. Agar berilgan tibbiy xulosada xodim mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra MK 168-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan bekor qilinadi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodimga nogironlik berilishi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli sabab bo‘lib hisoblanmaydi. Qachonki agar tibbiy xulosaga ko‘ra xodim ushbu ishni bajarishi to‘g‘ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a’zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasini sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov