Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Nogironligi bo’lgan shaxslarga 100% bolnichniy to’lanishi kerakmi?


Nogironligi bo’lgan shaxslarga 100% bolnichniy to’lanishi kerakmi?

 

Mehnat kodeksi 281-moddasiga ko’ra, qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchi xodimga o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi shart.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.02.2002 yildagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 71-son qarorida ham 2-jahon urushi qatnashchilaridan bo‘lgan xodimlarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar uchun — 18 yosh) to‘lmagan uch nafar va undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironligi bo‘lgan xodimlarga, shuningdek xodim ishda shikastlanish va kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda — oylik ish haqining to‘liq miqdorida to’lanishi belgilangan.

Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar to‘lab kelinishi muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab — oylik ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda;

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov