Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Qonunchilikni bilasizmi?


Qonunchilikni bilasizmi?

 

Mehnat kodeksining 321-moddasiga asosan, Ish beruvchi xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart. Ish beruvchi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib bo‘lishi tufayli xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning 2-bandiga asosan, ish beruvchi ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek ish beruvchi bergan transportda ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimning sog‘ligiga mehnat jarohati bilan yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.

Mehnat kodeksining 202-moddasiga asosan, ijtimoiy ta’tillar xususan, o‘quv ta’tillari xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning dam olish vaqti bo‘lmagan davr hisoblanadi. Bu davrda xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi. Xodimning o‘quv ta’tillarida bo‘lgan vaqti ish vaqti bo‘lmaganligi, o‘quv ta’tili davri MK 321-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasqdiqlangan qoidalari”ning 2-bandidagi davrlarga tushmaganligi sababli sizga ish beruvchi tomonidan to‘lov to‘lanmaydi.

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov