Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer va undagi ko'chmas mulkka mulk huquqini e'tirof etishga oid Qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi


O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer va undagi ko'chmas mulkka mulk huquqini e'tirof etishga oid Qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi

 

Unga ko'ra, fuqarolar quyidagi ko'chmas mulklarni o'z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o'tkazib olishi mumkin:

➖2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

➖2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

➖“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

➖2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

➖bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

➖kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

➖davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

➖hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat