Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ayrim tadbirkorlarga to'langan solig'ining bir qismi qaytarib beriladi


Ayrim tadbirkorlarga to'langan solig'ining bir qismi qaytarib beriladi

 

Hukumat Qarori (745-son, 07.11.2024 y.) bilan Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga to'langan qo'shilgan qiymat solig'ining bir qismini qaytarish tartibi to'g'risidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi

Vaqtinchalik Nizomga ko'ra, 2024 yil 1 oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - byudjetga to'langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish bo'yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

➖60 foiz va undan yuqori bo'lganda — byudjetga to'langan soliqning 40 foizi;

➖60 foizdan kam bo'lganda — byudjetga to'langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so'ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to'liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

hisobot davrida soliq bo'yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to'liq to'langanda;

hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo'lmaganda;

hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizasiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo'lgan identifikasiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

Vaqtinchalik Nizom 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul