Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilindi


Ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilindi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-993-son, 07.11.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to'lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

Qonun bilan ko'p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish bo'yicha sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati belgilandi.

Shuningdek, ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to'liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat