Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

O‘zbekistonda “yashil” energiya uchun aholiga 8,9 mlrd so‘m subsidiya berildi


O‘zbekistonda “yashil” energiya uchun aholiga 8,9 mlrd so‘m subsidiya berildi

 

2023-yilning 1-aprelidan boshlab xonadoniga quyosh paneli o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan edi.

2024-yilning 9 oyi davomida ushbu dasturdan foydalangan 6 mingdan ortiq jismoniy shaxsga davlat byudjetidan 8,9 milliard so‘mdan ortiq subsidiya ajratilgan.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

????Xorazm viloyati — 2,1 millird so‘m;

????Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,5 milliard so‘m;

????Toshkent shahri — 1,2 milliard so‘m.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul