Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga taalluqli huquqlari


Fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga taalluqli huquqlari

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Fuqarolarning davlat pensiya ta’miniti to‘g‘risidagi Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.

Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.

Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi.

 

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                              S.Siradjiddinova