Янгиликлар
Pensiyaga chiqish shartlari
Pensiyaga chiqish shartlari
Yoshga doir pensiya
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” Qonunning
7-moddasiga, asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga:
- erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
- ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Qonunning 8-moddasiga, asosan pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova