Янгиликлар
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyani hisoblab chiqarish
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyani hisoblab chiqarish
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
yoshga doir pensiyalar uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Ish staji to‘liq bo‘lmaganda pensiyaning miqdori rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova