Янгиликлар
Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani to‘lash va dafn etish uchun nafaqa to‘lash
Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani to‘lash va dafn etish uchun nafaqa to‘lash
Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.
Oilaning bir necha a’zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi ularning o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova