Янгиликлар
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-993-son, 07.11.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi
Qonun bilan ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati belgilandi.
«Ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish haqida talab arz qilinganda sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga kuyidagilar ham ilova qilinadi:
1) ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash to‘g‘risidagi qarori ko‘chirma nusxasi;
2) ko‘p kvartirali uyni boshqarish ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda — ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasining ko‘chirma nusxasi;
3) qarz yuzaga kelgan davr ko‘rsatilgan qarz hisob-kitobi;
4) qarzni uzish to‘g‘risidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar».
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.