Янгиликлар
Fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun javobgarlik mavjud
Fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun javobgarlik mavjud
Qonunchilikka koʻra, mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:
BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 20 ming soʻmdan 1 mln 700 ming soʻmgacha) jarima;
15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq.
‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Toshkent tuman YUXKM boshligʻi S.Raxmatov