Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi


Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-106-son) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi.

Iqlim kengashi iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari boʻyicha Prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim oʻzgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.

Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi) (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.

Toshkent tuman YUXKM boshligʻi S.Raxmatov