Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Hadya shartnomasi


Hadya shartnomasi

Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.

Ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo bo‘lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo‘lganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi. Bunday shartnomaga nisbatan Fuqarolik Kodeksi 124-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qo‘llanadi.

Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.

Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq ko‘rsatmasdan o‘zining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan ushbu Kodeksning vorislik to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llanadi.

Hadya oluvchi o‘ziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.

Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo‘lsa, hadyani rad etish ham yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Agar hadya shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hadyani qabul qilishni rad etish ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo‘lsa, hadya qiluvchi hadya oluvchidan hadyani olishni rad etishi oqibatida yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish og‘zaki amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish) yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Ko‘char mulkni hadya qilish shartnomasi:

hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida;

fuqarolar o‘rtasida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;

shartnomada kelajakda hadya etish va’da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda og‘zaki tuzilgan hadya shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxs xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida o‘ziga qarashli bo‘lgan ashyoni, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mulkdorning roziligi bilan hadya etishga haqli. Bu cheklash qiymati katta bo‘lmagan odatdagi sovg‘alarga taalluqli emas.

Umumiy birgalikdagi mulkni hadya qilishga Fuqarolik Kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda umumiy birgalikdagi mulkning barcha ishtirokchilari roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Hadya qiluvchiga tegishli uchinchi shaxsdan talab qilish huquqini hadya qilish ushbu Kodeks 313-317319 va 320-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Ijara huquqini yoki boshqalarning ashyosiga o‘zgacha huquqni uning mulkdorining yoki unga nisbatan xo‘jalik yuritish yoxud operativ boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning roziligisiz hadya qilishga, agar bunday huquqqa asos bo‘lgan qonunda yoki shartnomada uni mazkur shaxslar roziligisiz boshqa shaxslarga berish taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

Hadya olayotgan shaxs o‘rniga uning uchinchi shaxs oldidagi majburiyatini bajarish yo‘li bilan hadya qilish ushbu Kodeks 241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Hadya oluvchining uchinchi shaxsdan qarzini hadya qiluvchining o‘ziga olishi yo‘li bilan hadya qilish ushbu Kodeks 322-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Hadya oluvchining nomi va hadya narsasi ko‘rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

 

 

 

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.