Янгиликлар
Vaxta usulida ishlash deganda nima tushiniladi ?
Vaxta usulida ishlash deganda nima tushiniladi ?
Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini taʻminlash imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shaklidir.
Vaxta usulida ishlash ish joyi xodimlarning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan yeridan sezilarli darajada uzoqda joylashganida ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, taʻmirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanilishini taʻminlash maqsadida, shuningdek boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻllaniladi.
Vaxta usulidagi ishlarga jalb qilinadigan xodimlar ishlarni bajarish obyektida boʻlish davrida ish beruvchi tomonidan maxsus tashkil etiladigan, mazkur xodimlarning ishlarni bajarishi vaqtida hayot faoliyatini va smenalar oʻrtasida dam olishini taʻminlash uchun moʻljallangan binolar va inshootlar majmuidan iborat boʻlgan vaxta shaharchalarida yoxud shu maqsadlar uchun moslashtirilgan va ish beruvchining hisobidan haqi toʻlanadigan yotoqxonalarda, boshqa turar joylarda yashaydi.
Agar vaxta obyektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni oʻz doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi.
Ishning vaxta usulini qoʻllash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Toshkent tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonslti K.A.Shadiyev