Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil' iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi


2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil' iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi

Bu yil davomida ekologiya himoyachilarining vazifalari va vakolatlari kengaytirilishi kerak. Ular o'z ishlarini yanada samarali bajarishlari uchun oyliklar ham ish yuklamasiga mos oshirilishi lozim. Ekologiya bo'yicha mutaxassislar ko'proq mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi, ularning mehnat sharoitlari yaxshilanishi kerak. Bu yo'lda resurslar, qo'llab-quvvatlash va motivatsiya ko'proq bo'lishi kerak, chunki ekologik muammolarni hal qilishda har bir xodimning hissasi katta. Shuningdek, yashil iqtisodiyotga o'tishda yoshlar faol jalb qilinishi, ularning yangi g'oyalari va ishlanmalariga imkoniyat berilishi muhim. 

Shu bilan birga, atrof-muhitni asrashda plastik salafan paketlar kabi zararli materiallardan voz kechish kerak. Ularni almashtirish uchun ekologik toza, qayta ishlanadigan materiallarga e'tibor qaratish, jamiyatda ekologik ongni oshirish zarur. Yashil iqtisodiyotga o'tishda, har birimiz o'zimizni yangilashga va tabiatni hurmat qilishga majburmiz.

Angren shahar Yuridik xizmat 
ko’rsatish markaz boshlig’i                           O.R.Raximberdiyev