Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

O'zini o'zi band qilib, rasmiy ish stajiga ega bo'ling


O'zini o'zi band qilib, rasmiy ish stajiga ega bo'ling

 

O'zini o'zi band qilgan shaxslar- o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir.

 

Mehnatga layoqatli yoshdagi har bir jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin. O‘zini o‘zi band qiluvchilar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart emas.

 

O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslar daromad solig‘iga (JSHDS) tortilmaydi: qancha topsa ham o‘zida qoladi. Bir yilda bir marta BHMning 1 baravari — 375 ming so‘m — miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashning o‘zi kifoya qiladi.

 

Soliq organlari xodimi o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni ro‘yxatga olayotganda u haqdagi ma’lumotlarni DSQning o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Keyinroq uni Yagona milliy mehnat tizimiga (YAMMT) integratsiya qiladi, shuning uchun ish staji rasman hisoblanadi. Biroq ish staji hisobga olinishi uchun ijtimoiy soliq to‘lanishi lozim. Tizim oddiy: yil uchun soliq to‘lansa, bir yillik ish staji hisobga olinadi.

 

O‘zini o‘zi band qilish uchun mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari yoki mahalliy soliq organlariga murojaat qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, “Soliq” mobil ilovasi yordamida bevosita onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish ham imkoniyati mavjud bo‘lib, bu jarayonni yanada qulay va tezlashtiradi.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                           O.R.Raximberdiyev