Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Tanqid va obro‘sizlantirish o‘rtasidagi chegara


Tanqid va obro‘sizlantirish o‘rtasidagi chegara

 

Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsni, jumladan, davlat xizmatchisini obroʻsizlantirish va tuhmat qilish uchun javobgarlik belgilanganligini eslatdi. O‘zi, obro‘sizlantirish deganda aynan nima nazarda tutilishi haqida batafsil ma'lumot bermoqchiman.

 

Obro‘sizlantirish – bu kimningdir obro‘siga, sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan, haqiqatga mos kelmaydigan va asossiz ma’lumotlarni tarqatish degani. Oddiy qilib aytganda, bu biror kishining yaxshi nomini, ishonchini yoki hurmatini yo‘qqa chiqarishga urinish hisoblanadi.

Obro‘sizlantirishga kiradigan holatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1. Tuhmat – biror odamni qilmagan ishida ayblash. Masalan, biror kishini firibgarlikda yoki noqonuniy faoliyatlarda ayblash, lekin bu gap haqiqatga to‘g‘ri kel

2. Sha’nga putur yetkazish – odamni sharmanda qiladigan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, masalan, uning shaxsiy hayoti haqida yolg‘on yoki bo‘rttirilgan gaplarni tarqatish.

3. Ish obro‘siga zarar yetkazish – kompaniya yoki tashkilotni noto‘g‘ri va noxolis ma’lumotlar bilan obro‘sizlantirish. Masalan, biror kompaniyaning mahsuloti xavfli yoki sifatsiz deb yolg‘on ma’lumot tarqatish.

Ammo mansabdor shaxslarni tanqid qilish obro‘sizlantirishga kirmaydi, agar tanqid asosli va faktlarga tayangan bo‘lsa. Tanqid – ularning ish faoliyatini yaxshilash, xato va kamchiliklarini ko‘rsatish uchun qilinadi va buni huquq doirasida amalga oshirish mumkin. Biroq, tanqid qilish bahonasida shaxsiyatga tegish yoki yolg‘on ayblovlar bilan ularning obro‘siga zarar yetkazish obro‘sizlantirish hisoblanishi mumkin.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                           O.R.Raximberdiyev