Янгиликлар
Texnik xodimlarning mehnatiga haq to'lash
Texnik xodimlarning mehnatiga haq to'lash
Ko‘plab davlat idoralarida texnik xodimlar boshqaruv xodimlari bilan teng, ba’zan esa ko‘proq ishlashadi. Hujjat tayyorlash, arxiv ishlari, kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatish kabi vazifalar bilan shug‘ullanib, ular jarayonlarning asosiy tayanchiga aylangan. Biroq, bu mehnat uchun oyliklari boshqaruv xodimlariga qaraganda ikki-uch baravar kam.
Bu farq faqat oylikda emas, bayram pullarida ham seziladi. Texnik xodimlarga to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlar boshqaruvdagilarnikidan ancha past. Oylik va bayram pullaridagi bu tengsizlik, ularning mehnatiga nisbatan adolatsizlikni ko‘rsatadi.
Texnik xodimlar davlat idoralarining samarali ishlashiga katta hissa qo‘shishsa-da, ular uchun sharoitlar va haq-huquqlarni yaxshilash zarur. Mehnatga yarasha haq to‘lanishi, ularni rag‘batlantirish va ish samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev