Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Bolalar ta'minoti uchun eng kam aliment miqdori qancha?


Bolalar ta'minoti uchun eng kam aliment miqdori qancha?

 

Agar ota-ona voyaga yetmagan bolalarini moddiy ta’minlash masalasida o‘zaro kelishib olmagan bo‘lsa, sud aliment miqdorini ota-onaning har oylik daromadidan quyidagicha belgilaydi:

 

???? Bir bola uchun— daromadning 4 dan bir qismi (ya’ni 25%);

????Ikki bola uchun — daromadning 3 dan bir qismi (ya’ni 33%);

????Uch va undan ortiq bola uchun — daromadning yarmi (ya’ni 50%) undiriladi.

 

Shuningdek, bu to‘lov miqdori ota-onaning moddiy yoki oilaviy ahvoliga qarab, sud tomonidan oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

 

Shuni unutmang, har bir bola uchun belgilangan aliment miqdori eng kam ish haqining 26,5 foizidan (ya’ni 306 075 so‘mdan) kam bo‘lmasligi shart. Agar uch yoki undan ortiq bola bo‘lsa, aliment umumiy miqdorda kamida 918 225 so‘m qilib belgilanadi.

 

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                           O.R.Raximberdiyev