Янгиликлар
Ma'naviy zarar
Ma'naviy zarar
Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.
Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:
zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa;
zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo‘llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo‘llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan bo‘lsa;
zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa.
Ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.
Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev