Янгиликлар
Qonunchilikka muvofiq, quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi:
Qonunchilikka muvofiq, quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi:
???? statsionar savdo obʼektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari;
???? kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, koʻrik va koʻrgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar;
???? klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet xizmatlari koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa koʻngilochar joylar;
???? muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va maʼruzaxonalar;
???? mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yoʻnalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari;
???? yer osti oʻtish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
???? aeroportlarning, temir yoʻl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;
???? davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;
???? sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, taʼlim muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari;
???? ish joylari boʻlgan xonalar;
???? koʻp kvartirali uylarning yoʻlaklari, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari;
???? xiyobonlar, bogʻlar, koʻchalar va boshqa joylar.
✅ Jamoat joylarida, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
???? tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek chilim va elektron sigaretalar chekish;
???? uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;
???? alkogol mahsulotini isteʼmol qilish;
???? tilanchilik qilish;
???? roʻyxatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;
???? it va mushuklarni tumshuqbogʻsiz va yetovsiz olib yurish;
???? karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda niqobsiz boʻlish.
Jamoat joylarida mazkur xatti-harakatlarni sodir etish tegishlicha maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.R.Raximberdiyev