Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro Byurosi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro Byurosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2017 yildagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.

Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.

Byuroga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsadida tekshirish hamda maxsus komissiya tomonidan bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan majburiy suhbat o‘tkaziladi.

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markaz boshlig’i                           O.R.Raximberdiyev